Buzoqlarni boqishda yangi usullar

«Buzoqlarni metabolik dasturlash» – bu atama tobora qoramollarni ko’paytirishga bag’ishlangan seminarlarda ko’p qo’llanilmoqda. Uning mohiyati quyidagicha: hayotining birinchi haftalarida buzoqlar sutni xohlaganicha qabul qilishlari kerak – bu yerda ularning kelajakdagi sut mahsuldorligi yotadi. Agar bu davrda buzoq ozuqa moddalarini kam oladigan bo’lsa, unda buzoqdan mahsuldor sigir chiqmaydi.

Hayotining birinchi kunlari

Buzoq uchun birinchi ozuqa og’iz suti. Uni hayvon tug’ilgandan keyin darhol va iloji boricha ko’p ichishi kerak. Ba’zi buzoqlar 4 litrgacha og’iz suti ichishi mumkin. Umuman olganda, bu yerda quyidagi qoida qo’llaniladi:

har bir buzoq tana vaznining 10% miqdorida og’iz sutini hayotining dastlabki uch soatidan (hatoki 1 soat ichida) kechiktirmasdan, lekin 3 litrdan kam bo’lmagan miqdorda olishi kerak.

Agar hayvonlar sigir yaqinida qarovsiz qoldirilsa, u holda buzoqlarning 50 foiziga og’iz suti yetishmaydi, shuning uchun tug’ilgan har bir buzoqni so’rg’ichdan yoki naycha (drenjer) yordamida sutini ichirish kerak.

Hayotining dastlabki soatlarida sut ichishi juda muhimdir, chunki bu vaqt davomida ichak shilliq qavatining ozuqaviy moddalarni qabul qilish qobiliyati maksimal darajada bo’ladi. Ikkinchi marta og’iz suti hayvon tug’ilgandan 7-10 soat o’tgach beriladi.

Kolostrometr

Ferma og’iz sutini yetarli miqdorda zaxiralashi kerak. U fermada uzoq vaqt bo’lgan sigirlardan olinadi. Og’iz suti sifati kolostrometr – immunoglobulinlar darajasini aniqlash vositasi yordamida aniqlanadi. Bunday qurilma fermada bo’lishi zaruratdir, chunki bu chorva mollarining nobud bo’lishidan va kasalliklarning paydo bo’lishidan saqlaydi, shuningdek, hayvonlarning immunitetini mustahkamlashda asqotadi.

Og’iz suti «bank»ini yaratishda quyidagi hayvonlar suti ishlatilmaydi:

– birinchi tuqqan g’unajinlardan

– boshqa fermer xo’jaliklarining hayvonlaridan

– kasal hayvonlardan

– quruq davri(suxostoy) nuqsonli bo’lgan sigirlardan

– tug’ishdan oldin sog’ilgan sigirlardan

– uzoq vaqt davomida og’iz suti o’z-o’zidan oqib chiqqan sigirlardan.

Og’iz suti qimmatbaho dori kabidir, shuning uchun ichilmagan og’iz sutini tashlab yubormaslik kerak. Uni kislotalashtirish (ikki kun davomida ichirish), muzlatish yoki katta yoshdagi buzoqlarga berish mumkin. Xuddi shu narsa o’tish suti uchun ham amal qiladi.

BIRINCHI HAFTALAR: XOHLAGANCHA SUT

An’anaviy buzoqlarni boqish sxemalari ba’zi hayvonlarda ozuqa yetishmovchiligini keltirib chiqaradi, chunki bu hayvonlarni kontsentrat va pichanni ertaroq iste’mol qilishga undaydi, shuning orqasidan katta qorin rivojlanadi. Ammo Yevropa va Amerika Qo’shma Shtatlaridagi ko’plab ilmiy muassasalar tomonidan olib borilgan so’nggi tadqiqotlar buning teskarisini ta’kidlamoqda: tug’ilish paytidan boshlab ad libitum (xohlagancha sut) bilan oziqlanadigan buzoqlar hech qanday cheklangan holda oziqlanadigan buzoqlarga qaraganda kamroq konsentrlangan ozuqa va pichan iste’mol qilmaydi.

Bundan tashqari, sutning mahsuldorligi uchun hal qiluvchi bo’lgan yelinning parenximatoz to’qimalarining shakllanishi, g’unajinlarni intensiv oziqlantirish bilan (2-haftadan 8-haftagacha) bir necha marotaba yaxshiroq sodir bo’ladi. 8-haftadan keyin oziqlanish intensivligining o’zgarishi endi bu jarayonga umuman ta’sir qilmaydi. Ko’p sonli tajribalar shuni ko’rsatadiki, intensiv oziqlanadigan hayvonlar yelinining parenximatoz to’qimalarining maydoni cheklangan holda oziqlangan buzoqlar yelinining to’qimalariga nisbatan 6 baravar ko’p. Kelajakdagi mahsuldorlikning farqi har laktatsiya uchun 300 dan 1400 kg gacha ko’p sutni tashkil qilishi mumkin!

Xo’sh, hayotining birinchi haftalarida buzoqlarga qancha ozuqa kerak?

2 haftalik buzoqning energiyaga ehtiyoji 18,8 MJ metabolizmga yaraydigan energiyani tashkil etadi (tiriklik uchun energiya ehtiyoji va 600 g kunlik vazn ortishi, agar buzoqlar past haroratda saqlansa, bu talab 15% ga oshishi mumkin). Ushbu bosqichda hali ham buzoq juda oz miqdordagi konsentrat va pichan yeyaptimi? U uchun yagona energiya manbai to’laqonli sut yoki to’laqonli sut o’rnini bosuvchi bo’lib qoladi. Buzoqni energiya bilan ta’minlash uchun unga kuniga taxminan 7 kg sut yoki 1 kg sut o’rnini bosuvchi bilan boqish kerak (jadvalga qarang).

Energiya va oqsillarga talablar (kunlik qiymati)

5 haftalik buzoqqa kuniga 22,7 MJ almashinuvchi energiya (AE) talab etiladi. Ushbu davrda buzoq kuniga 0,5 kg konsentrat (5,7 MJ AE) va 0,2 kg pichan (2,3 MJ AE) iste’mol qiladi. Bu shuni anglatadiki, kuniga 5 litr sut yoki 750 g sut o’rnini bosuvchi (14,3 MJ AE) 5-xafta davomida buzoq uchun energiya talabini to’liq qoplash uchun yetarli.

Faqat buzoq hayotining beshinchi haftasidan boshlab kontsentratlar va pichan iste’mol qilish ko’payadi. Ushbu bosqichda ichish uchun sut o’rnini bosuvchi kontsentratsiyasini kamaytirish, shuningdek o’simlik oqsillaridan iborat sut almashtirgichlardan foydalanish mumkin. 6-haftadan boshlab buzoqlarni sutdan asta-sekin ajratish boshlanadi.

Sutni ad libitum (xohlagancha) iste’mol qilishda hayvonning kuniga ichadigan miqdori 12-15 litrgacha ko’payishi mumkin (buzoqning og’irligiga qarab). Sutning harorati juda muhim (buzoqlarni sovuq sut bilan boqmang !!!).

Buzoqlarni boqish uchun to’laqonli sut almashtirgichdan foydalanish quyidagicha amalga oshirilishi mumkin:

NIMA YAXSHI: SUT YOKI SUT O’RNINI BOSUVCHI?

Hayotining birinchi haftalaridagi (5-haftagacha) yosh hayvonlarni to’laqonli sut yoki faqat sut oqsilidan iborat sut o’rnini bosuvchi berilishi kerak, ammo hech qanday holatda o’simlik oqsillari aralashganini emas! Shuning uchun, agar fermer xo’jaligi tarkibida faqat sut oqsili bo’lgan yuqori sifatli sut o’rnini bosuvchini sotib olish mumkin bo’lsa (va aksariyati yog’siz sut kukuni) va uning narxi to’laqonli sutga qaraganda arzonroq bo’lsa, unda sut o’rnini bosuvchidan foydalanish yaxshiroq va foydalidir. Aks holda, to’laqonli sut bilan boqish kerak.

To’laqonli sutning kamchiligi mikroelementlarning yetishmasligida, ayniqsa temir moddasini. Shuning uchun, buzoqlarni sut bilan boqishda, hayotning birinchi kunlari va haftalarida qo’shimcha temir moddasi berish kerak. Sut o’rnini bosuvchilarda moddalar odatda kerakli miqdordagi temirni, shuningdek boshqa elementlar va vitaminlarni o’z ichiga oladi. Hayvon tobora ko’proq ozuqani iste’mol qilar ekan, yemlardan vitaminlar va mikroelementlarni tobora ko’proq oladi.

Hayotining 6-haftasidan boshlab hayvonlar o’simlik oqsilini o’z ichiga olgan arzonroq sut o’rnini bosuvchilarga o’tkazilishi mumkin. Bu vaqtga kelib oshqozon allaqachon o’simlik oqsillarini hazm qilishga moslashgan edi.

KATTA QORINNI RIVOJLANISHI: KONSENTRATLAR VA PICHANLAR O’RNIGA TO’LIQ RATSION

Katta qorin rivojlanishi uchun ikki jihat muhim: qorin devorlarining rivojlanishi va uning hajmining ortishi. Katta qorin devorlarini rivojlantirish uchun konsentrlangan ozuqa kerak. Shu bilan birga, donning bir qismini maydalamaslik kerak, chunki u qorin bo’shlig’ida uzoqroq qoladi, natijada devorlarni bezovta qiladi va vorsinkalarni o’sishiga yordam beradigan uchuvchan yog kislotalari hosil bo’ladi. Buzoqlarni pichan bilan boqish katta qorin hajmining rivojlanishiga ta’sir qiladi. Bunday holda, qorin cho’ziladi, uning massasi ko’payadi, mushaklar rivojlanadi, ammo qorin devorlarining rivojlanishi nihoyatda sust bo’ladi. Shuning uchun yosh qoramollarga faqat 2-2,5 sm gacha maydalangan pichanni konsentratlar bilan birga oziqlantirish maqsadga muvofiqdir.

Birinchi o’simlik ozuqa sifatida – buzoqlar uchun quruq to’liq aralashtirilgan ratsion maqbul yechim bo’lib, unga yuqori sifatli maydalangan pichan, konsentrat va mineral ozuqa kiradi. Bunday ozuqani hayvonlar osonlikcha iste’mol qiladilar, bu katta qorinni rivojlanishi va hayvonlarning o’sishiga juda yaxshi ta’sir qiladi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, quruq, to’liq aralashtirilgan ratsion iste’moli alohida konsentrlangan ozuqa va pichan bilan boqishdan 40% ko’proq. Bundan tashqari, bunday yemni tarqatish osonroq, uni ko’p miqdorda yig’ib olish mumkin (saqlash muddati 4 haftagacha) va katta idishda buzoqxonada saqlanishi mumkin. Bunday ozuqaning afzalligi shundaki, hayvonlar barcha kerakli oziq moddalarni to’g’ri va doimiy nisbatda oladi, ya’ni hayvon ozuqaning mazali qismlarini tanlay olmaydi.

Quyida buzoqlarni boqish normasi va quruq ratsionni tuzish bo’yicha tavsiyalar keltirilgan.

Quruq balanslashgan buzoq ratsionini qanday tayyorlash mumkin?

• sifatli va maydalangan pichan kerak (agar pichan uzun va sifatsiz bo’lsa, hayvonlar uni yemaydi)

• yaxshi pichan bo’lmasa, siz yaxshi maydalangan somondan foydalanishingiz mumkin

• pichan poyalarining uzunligi 2-2,5 sm dan oshmasligi kerak, agar ko’proq bo’lsa – tanlab iste’mol qilish yuzaga keladi

• buzoqlarga aralash ozuqa oling (tayyorlash sxemasi quyida keltirilgan) va uni 80% konsentrat + 20% pichan yoki 85-87% konsentrat + 13-15% somon nisbatida aralashtiring.

• aralashtirish mikserda amalga oshirilishi mumkin, unda sigirlar uchun to’liq aralashtirilgan ratsion tayyorlanadi, faqat uni silos qoldiqlaridan tozalash kerak, chunki u buzoq yemiga tushmasligi zarur.

• ozgina miqdorni beton aralashtirgichda yoki oddiygina katta idishda, masalan, g’ildirakli aravada aralashtirish mumkin

• aralash ozuqa tarkibida 3-4% mineral ozuqa bo’lishi kerak, u buzoqlar uchun maxsus ishlab chiqariladi, chunki uning tarkibida B vitaminlari bo’lishi kerak, agar unday bo’lmasa, sigirlarning premiksiga 2% pivo achitqisi (barda) qo’shilishi kerak.

• 15% soya shroti / jmixi yoki 20% raps shroti (lekin buzoqlar raps shrotini yaxshi yemaydilar, shuning uchun uni ishlatmagan ma’qul)

• 10% zig’ir shroti yoki jmixi

• 15-20% quruq lavlagi jomi

• 15-20% makkajo’xori doni, shundan maksimal 50% – ishlov berilmagan, butun don

• don qoldiqlari (yaxshisi ezilgani).

• 2% yog ‘- changni kamaytirish uchun

• 4-5% melassa

• ba’zi fermalar 2-3% yog’sizlangan sut kukuni qo’shadilar

• karbamid o’z ichiga olgan proteinli ozuqani berilmasligi kerak.

• no’xat, loviya, lyupinni ham ozuqada ishlatish mumkin. Soya shroti o’rniga quruq barda berish mumkin. Ushbu tarkibiy qismlarning ratsiondagi ulushi ularning xom protein tarkibiga bog’liq.

Buzoqlar uchun quruq, to’liq balanslashgan ratsion tarkibiga misol

Buzoqlar uchun to’liq balanslashgan ratsion bilan oziqlantirishni hayotining ikkinchi haftasidan boshlash mumkin. Yedirish uchun barcha usullar yaxshi: melassa qo’shish, ichish paytida qo’l bilan berish, so’rish refleksidan foydalanish.

Manba: https://soft-agro.com/telyata-2/novye-tendencii-v-kormlenii-telyat-chast-1.html

https://t.me/chorvasos/509