AgroExpo Uzbekistan /Agrotech Expo 2026: yangi imkoniyatlar va tashabbuslar muhokama qilindi

25–27 noyabr kunlari Toshkentda o‘tkaziladigan “AgroExpo Uzbekistan 2026” xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi oldidan agrar soha vakillari va hamkorlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🤝 Uchrashuvda ko‘rgazmaning bu yilgi dasturi, xalqaro ishtirokni kengaytirish hamda fermerlar, ishlab chiqaruvchilar va xorijiy kompaniyalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

🇩🇪 Tadbirda IFWexpo Heidelberg GmbH bosh direktori Stefan Kresse ham shaxsan ishtirok etib, so‘zga chiqdi.

🌍 Stefan Kresse o‘z chiqishida bu yilgi ko‘rgazmada xorijiy kompaniyalar ishtiroki yanada kengayayotganini ta’kidladi. Xalqaro kompaniyalar sonining ortishi O‘zbekiston agrar bozori uchun yangi texnologiyalar, tajriba va hamkorlik imkoniyatlarining kirib kelishiga xizmat qilishi mumkin.

💡 Ayniqsa, xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, zamonaviy texnologiyalar bilan tanishish, B2B uchrashuvlar va yangi biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish mahalliy fermerlar hamda qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun muhim imkoniyat bo‘la oladi.

🌿 Uchrashuv davomida barqaror qishloq xo‘jaligi, resurslardan samarali foydalanish, ESG tamoyillari, innovatsion va raqamli texnologiyalar kabi yo‘nalishlarni ko‘rgazma dasturida yanada keng yoritish bo‘yicha ham takliflar bildirildi.

🐄 Shuningdek, ko‘rgazma doirasidagi Milliy fermerlar forumi, naslli chorva hayvonlari auksioni va sohaviy sessiyalarni mazmunan boyitish masalalari ham muhokama qilindi.

📌 Bildirilgan takliflar asosida ko‘rgazmaning yakuniy dasturini shakllantirish bo‘yicha kelishib olindi.

🔥 AgroExpo Uzbekistan 2026 — bu nafaqat texnika va texnologiyalar ko‘rgazmasi, balki O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini xalqaro tajriba va yangi hamkorliklar bilan bog‘laydigan muhim maydon bo‘lishi kutilmoqda.

🌱 AgroExpo Uzbekistan 2026 — yangi bilimlar, yangi texnologiyalar va yangi hamkorliklar maydoni!

📅 25–27 noyabr | Òzexpomarkaz |📍Toshkent