febi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun ehtiyot qismlar bozoriga kirib kelmoqda

Yengil va yuk avtomobillari uchun ehtiyot qismlari bilan tanilgan Germaniyaning febi ishlab chiqaruvchisi sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish bozori uchun mahsulotlar assortimentini kengaytirmoqda. O‘zbekistonda kompaniya febi Agriculture yangi yo‘nalishini taqdim etmoqda. Ushbu yo‘nalish traktorlar va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun ehtiyot qismlarni o‘z ichiga oladi.

Qishloq xo‘jaligi texnikalari yuqori yuklama ostida, changli muhitda va haroratning keskin o‘zgarishi sharoitida ishlaydi. Mavsum qizg‘in pallaga kirgan paytda texnikaning ishdan chiqishi esa xo‘jalik uchun moliyaviy yo‘qotishlarga olib keladigan to‘xtab qolishlarga sabab bo‘ladi. Shu bois fermerlar, servis korxonalari va ehtiyot qismlar yetkazib beruvchilar uchun detallarning uzoq muddat xizmat qilishi, texnikaga birinchi urinishdayoq mos kelishi hamda uzoq kutishlarsiz mavjud bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.

febi Agriculture assortimenti qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun maxsus ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlar hamda yuk avtomobillari uchun mo‘ljallangan va traktorlarda ham qo‘llaniladigan sinalgan komponentlarni birlashtiradi. Asosiy e’tibor bir nechta muhim tizimlarga qaratilgan: rul boshqaruvi, elektr jihozlari, filtrlash tizimi va dvigatel haroratini boshqarish tizimi.

febi mahsulotlarining barchasiga ishlab chiqaruvchi tomonidan 3 yillik kafolat taqdim etiladi. Ehtiyot qismlar original butlovchi qismlar uchun belgilangan sifat standartlariga mos keladi.

febi Agriculture yo‘nalishi haqida batafsil ma’lumot olish va mahsulotlar assortimenti bilan tanishish uchun kompaniyaning febi.kz veb-saytiga tashrif buyurishingiz mumkin.