Bir daraxtga 70 xil olma payvand qilgan oltiariqlik bog‘boOltiariqlik bog‘bon Abdulvohid Mirzajonov xorijning dong‘i ketgan bir qancha uzum navlari hamda olma, nok, bodom, shaftoli novdalarini olib kelib payvandlab ko‘chat qilib sotadi. Uning mashhur uzum ko‘chatlari hatto Birlashgan Arab Amirligi, Turkiya, Gruziya, Turkmaniston, Qozog‘istonga ham kirib borgan.



























