ISSIQXONALARDA MINERAL ÖĞITLARNI QÖLLAŞ BÖYIÇA TAVSIYALAR

Asosiy talablar va tuproq muvozanati

Issiqxona sabzavotçiligida uzluksiz almaştirmay foydalaniladigan tuproqlarda mineral öğitlar ma’lum talablarga javob berişi kerak:

  • Ular yuqori töyingan va qoldiqsiz bölişi, tarkibida zararli çiqindilar — xlor, ftor, natriy, mişyak, bauret bölmasligi kerak.
  • Agar öğitlar suvda oson va tez eriydigan bölsa, ularni solişda tomçilatiş tizimlaridan foydalaniş mumkin.
  • Töyingan tuproq muvozanatini buzmaslik uçun tuproqqa u yoki bu öğitni uzoq muddat solişdan qoçiş lozim.
  • Tuproqlar tarkibida tuzlar yuqori bölganda suvda erimaydigan, ammo ösimliklar singdirişi oson böladigan murakkab öğitlarni qöllaş lozim.

Asosiy öğit turlari

  • Azotli öğitlar: Issiqxonalarda asosan ildiz va ildizdan taşqari oziqlantirişda muhim hisoblangan moçevina hamda selitradan foydalaniladi. Azotli öğitlarning boşqa turlari kamroq qöllaniladi, çunki ular salbiy ta’sir ham körsatişi mumkin.
  • Fosforli öğitlar: Issiqxonalarda qöşsuperfosfat yaxşiroq hisoblanadi. Ösimliklar pretsipitat va ftorsizlaştirilgan fosfatni ham yaxşi özlaştiradi. Boşqa fosforli öğitlar tarkibida aralaşmalar köp va yopiq maydonda kamroq foydalaniladi.
  • Kaliyli va magniyli öğitlar: Issiqxonalar uçun kaliyli öğitlardan kaliy sulfati va kaliyli selitra, magniylilardan esa magniy sulfati va kaliy magneziyasi yaxşiroq hisoblanadi.
  • Murakkab va NPK öğitlar: Murakkab öğitlardan issiqxonalarda kaltsiyli selitra, ammofos, diammofos va nitrofoskadan foydalaniladi. Oxirgi yillarda himoyalangan yerlarda NPK öğitlar keng qöllanilmoqda — ularning turli markalari tarkibida azot, fosfor va kaliy har xil nisbatlarda, ayrim markalarida esa mikroelementlar mavjud.

Mikroelementlar va qöllaş usullari

  • Mahalliy öğitlar tarkibida mikroelementlar ham mavjud. Şu bois ataylab mikroelementlarni solişga zarurat har doim ham bölmaydi.
  • Issiqxonalarda köproq bor va mis, kamroq tsink va molibden qöllaniladi. Ularni mutaxassislar tavsiyalariga köra qöllaş lozim.
  • Hozir kiçik ixçam qadoqlangan kompleks makro va mikroöğitlar işlab çiqarilmoqda, bunda ularni qöllaş muddatlari, usullari va me’yorlari ham körsatiladi.
  • Issiqxonada mineral öğitlar ekişdan oldin (tuproqlarni asosiy öğitlaşda), bir yöla uruğni ekiş bilan birga egatlarga yoki uyalarga solib va ösimliklar ösuv davrida ildiz va ildizdan taşqari oziqlantirişda beriladi.

Öğitlarni soliş miqdori va ular tarkibi tuproq va ösimliklarning agrokimyoviy tahlili natijalari böyiça aniqlanadi.