Shu yilning 26–28-noyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” MKK” AJ va IFWexpo Heidelberg GmbH (Germaniya) kompaniyasi “Uzbekistan Agrotech Expo–2025”, “Uzbekistan Agromash Expo–2025” va “AgroExpo Uzbekistan 2025” xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalarini ko‘rgazma majmuasining 1- va 2-sonli pavilonlarida hamda ochiq maydonlarida tashkil etildi.
XIX Xalqaro ko‘rgazma “Uzbekistan Agrotech Expo–2025” respublika agrosanoat majmuasi uchun zamonaviy uskuna va texnologiyalarga, XIII Xalqaro ko‘rgazma “Uzbekistan Agromash Expo–2025” — qishloq xo‘jaligi texnikalari va mashinalariga, IX Xalqaro ko‘rgazma “AgroExpo Uzbekistan 2025” — bog‘dorchilik, issiqxonalar xo‘jaligi, o‘simlikshunoslik va chorvachilikka bag‘ishlanadi. Mazkur ko‘rgazmalar 1998-yildan buyon har yili o‘tkazilib kelinmoqda va mamlakatimiz agrar sohasida qishloq xo‘jaligi uchun eng ilg‘or texnologiya va uskunalarni joriy etishga beqiyos hissa qo‘shib kelmoqda.
Ko‘rgazmaning asosiy bo‘limlari: «Mevalar va sabzavotlarni ishlab chiqarish va qayta ishlash uchun uskunalar»; «Sovutgich va muzlatgich uskunalari»; «Meva va sabzavotlarni quritish uchun uskunalar»; «Non va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish uskunalari»; «O‘simliklarni himoya qilish uchun kimyoviy preparatlar, purkagichlar»; «Chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va bog‘dorchilikni rivojlantirish uchun texnologiya va uskunalar»; «Go‘sht va baliqni ishlab chiqarish va qayta ishlash»; «Sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash uskunalari»; «Veterinariya»; «Farmasevtika sanoati»; «Qishloq xo‘jaligi texnikalari» va boshqalardan iborat bo’ldi.
Ko‘rgazma ekspozitsiyasi jami 7500 kv.m dan ortiq, shu jumladan yopiq va ochiq maydonlarni o‘z ichiga oldi.
Ko‘rgazmada Gruziya, Rossiya, Uzbekiston, Turkiya, Hindiston, Italiya, Niderlandiya, Fransiya, Malayziya va Qozog‘iston kabi 20 ta davlatdan 180 dan ortiq kompaniya ishtirok etmoqda. Shuningdek, Germaniya, Avstriya, Polsha, Xitoy va Eron kabi mamlakatlar o‘z milliy pavilonlari bilan qatnashdi.
Ko‘rgazmada respublika qishloq xo‘jaligi sohasi uchun eng so‘nggi yangiliklar, innovatsion texnologiyalar va keng turdagi uskunalar taqdim etildi. Bu, o‘z navbatida, sifatli va raqobatbardosh import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga xizmat qildi.
Germaniyaning “Made in Germany” milliy paviloni chorvachilik va o‘simlikshunoslik sohalari uchun zamonaviy yechimlarni taklif etuvchi 9 ta yetakchi kompaniyani namoyish qildi. Avstriya pavilonida go‘sht-sut va oziq-ovqat sanoati, chorvachilik hamda sanoat qurilishiga oid texnologiya va uskunalar o‘rin oldi. Polsha milliy paviloni esa tuproq, o‘rmon va kommunal xo‘jaligi hamda qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan texnika va jihozlarni, Eron 21 ta kompaniya bilan ishtirok etib, o‘g‘itlar, ko‘chatlar va qishloq xo‘jaligi texnikalarini, Xitoy milliy pavilonida esa agrokimyo, qishloq xo‘jaligi texnikalari va zamonaviy texnologiyalarni taqdim etdi.
Ko‘rgazma doirasida mavzuga doir seminarlar, taqdimotlar, shuningdek B2B formatida uchrashuvlar tashkil etildi.
Ushbu xalqaro ko‘rgazmalar nafaqat eng so‘nggi agrotexnologiyalar, modernizatsiyalashgan texnika va qayta ishlash uskunalarini bir maydonda jamlagani, balki O‘zbekiston agroindustriyasining global bozor bilan integratsiyasini yangi bosqichga ko‘targani bilan ahamiyatlidir. Turli davlatlar va yetakchi kompaniyalarning faol ishtiroki mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun keng ko‘lamli hamkorlik, tajriba almashinuvi va innovatsion yechimlarni o‘zlashtirish imkoniyatini yaratdi.
Tadbir davomida taqdim etilgan yangi texnologiyalar, qo‘shma loyihalar va B2B uchrashuvlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish, sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, ko‘rgazma O‘zbekistonning agrosanoat majmuasida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni jadallashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va sohani innovatsion rivojlantirish jarayonlariga sezilarli turtki berdi.
Umuman olganda, “Uzbekistan Agrotech Expo–2025”, “Uzbekistan Agromash Expo–2025” va “AgroExpo Uzbekistan 2025” xalqaro ko‘rgazmalari mamlakatimiz agrar sektorining kelajakdagi barqaror rivoji, raqamlashtirish, texnik modernizatsiya va xalqaro hamkorlikning yanada mustahkamlanishida muhim strategik ahamiyat kasb etdi.
KO‘RGAZMA TASHKILOTCHILARI:
| «Oʻzekspomarkaz» MKK” AJ
O‘zbekiston Respublikasi, 100084, Toshkent shahar, Amir Temur ko‘chasi,107 Tel: (+998 71) 238 56 00, 238-56-11 e-mail: : uzagrotexmash@gmail.com
|
IFWexpo Heidelberg GmbH
Landfriedstr. 1A, 69117 Heidelberg, Germaniya Tel.: +49-(0)6221-1357 0 Fax: +49-10)6221-1357 23 e-mail: info@ifw-expo.com |
















