Asosiy talablar va tuproq muvozanati
Issiqxona sabzavotçiligida uzluksiz almaştirmay foydalaniladigan tuproqlarda mineral öğitlar ma’lum talablarga javob berişi kerak:
- Ular yuqori töyingan va qoldiqsiz bölişi, tarkibida zararli çiqindilar — xlor, ftor, natriy, mişyak, bauret bölmasligi kerak.
- Agar öğitlar suvda oson va tez eriydigan bölsa, ularni solişda tomçilatiş tizimlaridan foydalaniş mumkin.
- Töyingan tuproq muvozanatini buzmaslik uçun tuproqqa u yoki bu öğitni uzoq muddat solişdan qoçiş lozim.
- Tuproqlar tarkibida tuzlar yuqori bölganda suvda erimaydigan, ammo ösimliklar singdirişi oson böladigan murakkab öğitlarni qöllaş lozim.
Asosiy öğit turlari
- Azotli öğitlar: Issiqxonalarda asosan ildiz va ildizdan taşqari oziqlantirişda muhim hisoblangan moçevina hamda selitradan foydalaniladi. Azotli öğitlarning boşqa turlari kamroq qöllaniladi, çunki ular salbiy ta’sir ham körsatişi mumkin.
- Fosforli öğitlar: Issiqxonalarda qöşsuperfosfat yaxşiroq hisoblanadi. Ösimliklar pretsipitat va ftorsizlaştirilgan fosfatni ham yaxşi özlaştiradi. Boşqa fosforli öğitlar tarkibida aralaşmalar köp va yopiq maydonda kamroq foydalaniladi.
- Kaliyli va magniyli öğitlar: Issiqxonalar uçun kaliyli öğitlardan kaliy sulfati va kaliyli selitra, magniylilardan esa magniy sulfati va kaliy magneziyasi yaxşiroq hisoblanadi.
- Murakkab va NPK öğitlar: Murakkab öğitlardan issiqxonalarda kaltsiyli selitra, ammofos, diammofos va nitrofoskadan foydalaniladi. Oxirgi yillarda himoyalangan yerlarda NPK öğitlar keng qöllanilmoqda — ularning turli markalari tarkibida azot, fosfor va kaliy har xil nisbatlarda, ayrim markalarida esa mikroelementlar mavjud.
Mikroelementlar va qöllaş usullari
- Mahalliy öğitlar tarkibida mikroelementlar ham mavjud. Şu bois ataylab mikroelementlarni solişga zarurat har doim ham bölmaydi.
- Issiqxonalarda köproq bor va mis, kamroq tsink va molibden qöllaniladi. Ularni mutaxassislar tavsiyalariga köra qöllaş lozim.
- Hozir kiçik ixçam qadoqlangan kompleks makro va mikroöğitlar işlab çiqarilmoqda, bunda ularni qöllaş muddatlari, usullari va me’yorlari ham körsatiladi.
- Issiqxonada mineral öğitlar ekişdan oldin (tuproqlarni asosiy öğitlaşda), bir yöla uruğni ekiş bilan birga egatlarga yoki uyalarga solib va ösimliklar ösuv davrida ildiz va ildizdan taşqari oziqlantirişda beriladi.




















