Қўй ва эчкиларни гўштга боқиш

1499

Qo‘y va echkilar asosan yaylovda yayratib boqish asosida bo‘rdoqiga boqiladi. Bundan asosiy maqsad sermoy qo‘y va echki go‘shti yetishtirish hisoblanadi. Bo‘rdoqiga semirtirish uchun asosan so‘yishga reja- lashtirilgan qo‘y va echkilar belgilanadi. Bo‘rdoqiga boqish samaradorligi hayvonlarning yoshi, zoti, jinsiga bog‘liq bo‘ladi. Binobarin, poda tashkil etishda hayvonlarning barcha ko‘rsatgichi (yoshi, zoti, jinsi, oriq-semizligi va h.k.) Jihatidan bir xil yoki o‘xshash bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Yaylovdagi yashil o‘simliklar serobligi, hamda hayvonlarga mineral tuz va vitaminlar qo‘shib berish bo‘rdoqiga boqilayotgan qo‘y va echkilarning tez semirish imkonini beradi. Yaylovda boqilayotgan hayvonlar sutkasiga uch marta sug‘oriladi.

Qo‘y va echkilarni yaylovda yayratib bo‘rdoqiga boqish muddati 3 oy etib belgilangan. Bu davrda har bir qo‘y yoki echki o‘z vaznini o‘rtacha 30 foizga oshiradi. Yaylovda go‘shtga semirtirish ishlari asosan

 

Qozog‘iston va Markaziy Osiyo respublikalarida qo‘llanadi. Yaylovda bo‘rdoqiga boqish uchun eng yaxshi vaqt bahor oylari hisoblanadi. Bu davrda barcha hayvonlar to‘la uzluksiz ko‘kat bilan ta’minlanishi talab etiladi.

Дўстларингизга ҳам улашинг!